O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik liberallashtiriladi

Qonun bilan Jinoyat kodeksining bir qator moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik liberallashtiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Senatning 9-yalpi majlisida “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Liberalizuyetsya ugolovnaya otvetstvennost v otnoshenii nesovershennoletnix
Statistik raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilda 1 911 nafar, 2024-yilda 2214 nafar voyaga yetmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan. O‘tgan yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 1 238 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 855 tani tashkil qilgan.
Liberalizuyetsya ugolovnaya otvetstvennost v otnoshenii nesovershennoletnix
Qonun “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Liberalizuyetsya ugolovnaya otvetstvennost v otnoshenii nesovershennoletnix
Qonun bilan Jinoyat kodeksining bir qator moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilmoqda.
Jumladan, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.
Liberalizuyetsya ugolovnaya otvetstvennost v otnoshenii nesovershennoletnix
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirishga xizmat qiladi va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratadi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi