TOShKENT, 1 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 69 ta mamlakatga nisbatan qo‘shimcha 10 foizdan 41 foizgacha import bojlar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“Ushbu harakat prezidentning adolatli, muvozanatli va o‘zaro manfaatli savdo munosabatlari orqali Qo‘shma Shtatlarni milliy xavfsizlik va iqtisodiga yot tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan doimiy sa’y-harakatlarini aks ettiradi”, — deyiladi bayonotda.
Yangi tariflar 7-avgustdan kuchga kiradi, bu ro‘yxatdagi mamlakatlarga savdo kelishuviga erishish va importning yuqori stavkalaridan qochish uchun vaqt berishi mumkin. Boj kiritilgan mamlakatlar orasida Suriya - 41%, Myanma va Laos - 40%, Iroq va Serbiya- 35%, Shveysariya - 39 % va boshqalar bor.
Tayvanga nisbatan aprel oyida e’lon qilganiga boj pasaytirildi, ro‘yxatga kiritilmagan davlatlar uchun boj stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qoladi.
Tramp bojlari
Oq uyga qaytganidan so‘ng Tramp savdo siyosatini qat’iylashtira boshladi: u Meksika, Kanada va Xitoy tovarlari uchun yuqori bojlar joriy qildi. Oradan biroz o‘tib Vashington importga o‘zaro bojlarning amal qilish muddatini kechiktirib, ushbu davlatlar bilan o‘zaro muzokaralarni boshladi. Aksariyat davlatlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan boj stavkalari haqida kelishib olindi. Oradan biroz o‘tib Tramp yangi bojlar AQSh g‘aznasiga allaqachon bir necha milliard daromad keltirganini ta’kidladi.
AQShning biznes doirasida prezidentning ushbu siyosati tanqidiy qabul qilindi. Xususan, bunday faoliyat sanoat faolligining pasayishiga, ta’minot zanjirlarida jiddiy uzilishlar keltirib chiqarishi va yangi global inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirishmoqda.
Ayni paytda Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Vyetnam, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Tailand va Kambodja Vashington bilan savdo munosabatlarining yangi shartlari bo‘yicha kelishib olgan.
Ayni paytda Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Vyetnam, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Tailand va Kambodja Vashington bilan savdo munosabatlarining yangi shartlari bo‘yicha kelishib olgan.