TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti farmoni va Prezident administratsiyasi farmoyishi bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezidentning tegishli farmoni bilan:
E’zozxon Gapirjanovna Karimova O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Karimova Ezozxon Gapirdjonovna — Maktabgacha va maktab talimi vaziri lavozimiga tayinlandi
© Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Bundan ilgariroq E’zozxon Karimova nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
E’zozxon Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023 yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-2024 yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ish olib borgan.
Shuningdek, Prezident administratsiyasining farmoyishi bilan:
Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;
Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.