TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qatarning “Tamam International” kompaniyasi rahbari Murad Ali bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, elektr energiyasi ishlab chiqarish va taqsimlash tizimini rivojlantirish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizm obyektlari va zamonaviy tibbiyot muassasalarini yaratish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
Laziz Kudratov provol vstrechu s ispolnitelnim predsedatelem katarskoy kompanii Protocol Capital Group Axmadom Abdulloy Al-Djufayri
© Ministerstva investitsiy, industrii i torgovli Respubliki Uzbekistan
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Kompaniya va vazirlik hamda idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
“Tamam International”— energetika, transport va logistika, turizm hamda sog‘liqni saqlash sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha boy xalqaro tajribaga ega bo‘lgan Qatarning yetakchi investitsiya kompaniyalaridan biri. Kompaniya transmilliy tashabbuslarda faol ishtirok etadi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ishtirokini mustahkamlashga katta qiziqish bildirgan.
Laziz Kudratov, shuningdek, Qatarning yirik investitsiya kompaniyasi — “Protocol Capital Group” ijrochi raisi Ahmad Abdulla Al-Jufayri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Qatar tomoniga O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhitning amaliy jihatlari hamda istiqbolli loyihaviy takliflar taqdim etildi.
Laziz Kudratov provol vstrechu s rukovoditelem katarskoy kompanii Tamam International Muradom Ali
© Ministerstva investitsiy, industrii i torgovli Respubliki Uzbekistan
Ahmad Al-Jufayri O‘zbekiston bilan sheriklikning katta salohiyatini e’tirof etib, energetika, uy-joy qurilishi, transport, logistika va IT sohalarida loyihalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. Raqamlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish, barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi takliflarni ishlab chiqish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.
“Protocol Capital Group”— 4 milliard dollardan ortiq aktivlarga ega bo‘lgan, 34 dan ortiq mamlakatda mingdan ziyod loyihalarni amalga oshirgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya ko‘chmas mulk, neft-gaz sanoati, suvni saqlash va havoni sovitish tizimlari, qurilish materiallari va po‘lat ishlab chiqarish hamda farmatsevtika sanoatiga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.