TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ-240-son, 30.07.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston ushbu bitimga qo‘shildi.
Bitim 2013-yil 25-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan.
Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vaqolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini ta’minlaydi.