TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. "Anor" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida rossiyalik mehmonlar ishtirokidagi smena yakunlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bransk va Belgorod viloyatlaridan kelgan bolalar 13 kunni Toshkent viloyatining xushmanzara Bo‘stonliq tumanida mazmunli o‘tkazishdi. Bolalar uchun yorqin dastur tayyorlandi: mahorat darslari, hindlarning Holi bayrami, diskotekalar va gulxan atrofida an’anaviy qo‘shiqlar.
"Har bir mamlakat takrorlanmas bo‘ladi, hamma joyda o‘z an’analari, o‘z taomlari bor. Bu yerda ob-havo g‘ayrioddiy - hammasi juda ajoyib. Bu xuddi tuganmas bayram va tuganmas yozga o‘xshaydi. Menga bu yer juda yoqdi", - deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi smenaning belgorodlik ishtirokchisi Sergey Bixun.
V letnem ozdorovitelnom lagere "Anor" zakrilas smena s uchastiyem gostey iz Rossii
© Sputnik
"Iliq va samimiy qabul uchun O‘zbekistonga katta rahmat. Oxirgi kunda bizga lagerdagi dam olishimiz haqidagi videoroliklarni ko‘rsatishdi - men juda ta’sirlandim", - dedi belgorodlik Milana Junenko.
V letnem ozdorovitelnom lagere "Anor" zakrilas smena s uchastiyem gostey iz Rossii
© Sputnik
Ko‘plab yigit-qizlar do‘stlar orttirishdi, ularning do‘stligi lagerdan keyin ham davom etadi.
"Biz o‘zaro raqamlarimiz bilan almashdik va endi muloqot qilib turamiz", – deya ishonch bildirdi Belgoroddan kelgan yana bir mehmon Vera Balabanova.
V letnem ozdorovitelnom lagere "Anor" zakrilas smena s uchastiyem gostey iz Rossii
© Sputnik
Smenaning yopilish marosimida Rossiyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Lanchikov, ikki davlat Kasaba uyushma federatsiyalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti xodimlari ishtirok etdi.