TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. "Janub" qo‘shinlar guruhining Kramatorsk-Drujkovsk yo‘nalishidagi hujum harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasi hududida joylashgan Chasov Yar shahri ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Chaqiruv belgisi “Tepa” bo‘lgan razvedka boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hozirda dron operatorlari o‘rmon zonalarida Ukraina qurollangan guruhlar qoldiqlarini aniqlashda davom etmoqda. Ularni yo‘q qilish uchun FPV dronlari va artilleriya zarbalari faol qo‘llanilmoqda.
Rossiya qo‘shinlarining Chasov Yarga yurishi 2024-yil bahorining oxirida boshlangan. Shahar muhim operativ-strategik ahamiyatga ega. U Artyomovsk yaqinida joylashgan va Shimoliy Dones-Donbass kanali bilan u ikki qismga bo‘lingan. Bu Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida qolgan DXRdagi eng yirik aglomeratsiya – Slavansk-Kramatorsk, shuningdek, Konstantinovkaga yo‘l ochadigan hukmron balandlikdir.
Konstantinovka ozod qilinishi ko‘p oylardan beri ushbu hududni himoya qilayotgan Ukraina guruhini ta’minlab kelayotgan Ugledarga boradigan trassani ulardan uzishga imkon beradi. Bu guruhni yon tomondan aylanib o‘tib, shaharni qurshab olishga ham yo‘l ochadi.