O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistonga boradi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari O‘zbekiston prezidentining tashrifi arafasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazib, muhim hujjatlarni imzoladilar.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
S ministrom inostrannix del Kirgizskoy Respubliki E.P. Jeenbekom Kulubayevim.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi, shuningdek, ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
S ministrom inostrannix del Kirgizskoy Respubliki E.P. Jeenbekom Kulubayevim.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashdilar. Asosiy e’tibor savdoni kengaytirish, iqtisodiy hamkorlik va chegaraoldi infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga qaratilib, mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanish sohasida kelishilgan harakatlar zarurligi ta’kidlandi.
Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining barqaror taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida bundan buyon ham birgalikda ishlashni davom ettirishlarini tasdiqladilar.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldi