TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Janub” qo‘shinlar guruhi tarkibidagi uchuvchisiz uchish apparati operatori NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan HMMWV zirhli avtomobilini yo‘q qildi. Voqea maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilayotgan hududning Konstantinovk yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kadr video unichtojeniya broneavtomobilya HMMWV na Konstantinovskom napravlenii
© RIA Novosti
Obyektiv nazorat kadrlarida zirhli avtomobil Ukraina Qurolli kuchlarining jihozlangan pozitsiyalaridan birida turganini ko‘rish mumkin. Rossiyaning 72-alohida motoo‘qchi brigadasi jangchilari NATO texnikasini aniqladilar, shundan so‘ng “Janub” guruhining 6-motoo‘qchi diviziyasining 27-artilleriya polki FPV harbiy xizmatchilari osmondan kuzatib va aniqlik kiritib, nishonni yo‘q qilgan.
“Janub” qo‘shinlar guruhi vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli mashinani to‘liq yo‘q qilish uchun ikki dona zarba beruvchi dron sarflangan.