Matbuot markazi

G‘alaba uchun: O‘zbekistonning Mehnat shon-sharafi shaharlari mavzusida videoko‘prik — Anons

Matbuot anjumani ishtirokchilari O‘zbekiston shaharlarining G‘alabaga qo‘shgan hissasini muhokama qiladilar.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “G‘alaba uchun: O‘zbekistonning Mehnat shon-sharafi shaharlari” mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tadi.
“Toshkent – Moskva” videoko‘prigi ertaga, 31-iyul kuni, soat 14:00 da boshlanadi.
26 iyunda MDH Davlat rahbarlari kengashi qarori bilan bir qator shaharlarga “Mehnat shuhrati shahri. 1941-1945 yillar” faxriy unvoni berildi. Toshkent, Andijon, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shular jumlasidandir.
Matbuot anjumani ishtirokchilari ushbu qarorning ahamiyati, O‘zbekiston shaharlarining G‘alabaga qo‘shgan hissasi va berilgan unvon sharafiga o‘tkaziladigan tadbirlarni muhokama qiladilar.
Videoko‘prik ishtirokchilari:
Toshkentdan:
Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova;
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya;
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi bosh ilmiy xodimi Hasan Bobojonov;
“G‘alaba ko‘ngillilari” Butunrossiya jamoat harakati xalqaro jamoasining O‘zbekistondagi koordinatori Sergey Yejkov.
Moskvadan:
MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi.
+998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.