TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Singapurda suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida Jahon suzish federatsiyasining (World Aquatics) navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kongressda sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov va Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.
Kongress yakunlariga ko‘ra Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi Burosi a’zosi etib saylandi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror xalqaro tuzilmalarda o‘zbek mutaxassislarining mavqeyini mustahkamlaydi va O‘zbekistonda suv sport turlarini rivojlantirishga, shu jumladan, havzalar qurish va yoshlar dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.