TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumatlararo kengashi yig‘ilishida YeOII iqlim kun tartibi bo‘yicha besh yillik rejani taqdim etadi.
Unda quyidagilar taklif qilingan:
SO2 chiqindilarni tartibga solish bo‘yicha umumiy standartlarni yaratish;
chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiradigan va tasdiqlaydigan organlarni akkreditatsiya qilish qoidalarini kelishib olish;
Ittifoq mamlakatlari orasida turli iqlim choralari bilan bog‘liq savdo to‘siqlarini bartaraf etish;
iqlim bo‘yicha, ayniqsa savdo masalalarida uchinchi davlatlar bilan muloqot o‘rnatish.