TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari Markaziy Osiyoning janubiy Pomir-Olay tog‘larida tarqalgan yangi o‘simlik – Gulsapsar anvarbekii turini kashf etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu yangi tur Iris turkumi, Scorpiris ost turkumiga mansub bo‘lib, Surxondaryo viloyatining Sho‘rob qishlog‘i yaqinidagi gipsli tog‘larda topildi.
V Uzbekistane obnarujen noviy vid irisa
© Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan
“U tashqi gulbarglarida binafsha rangli dog‘larning yo‘qligi, bo‘yin qismi ajralmaganligi, 3.0–3.5 sm uzunlikdagi ichki gulbarglarning petaloid shakli va binafsharangi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar uni o‘ziga xos yangi tur sifatida tasniflashga asos bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Yangi tur o‘zbek botanigi Anvarbek Jabbarov xotirasiga “Anvarbek gulsapsari” deb nomlandi.
Hozirda turning faqat bitta populyatsiyasi aniqlangan, taxminan 1000 taga yaqin o‘simlik tupi mavjud.