O‘zbekiston va YeOII

YeIK hay’ati raisi Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Bakitjan Sagintayev Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, farovonlik va O‘zbekiston farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
“Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish, fuqarolar farovonligini oshirish yo‘nalishini izchil amalga oshirib kelmoqda, Yevroosiyo integratsiya jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi”, — deyiladi tabrik maktubida.
Bakitjan Sagintayev Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, farovonlik va O‘zbekiston farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2020-yilning 11-dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da kuzatuvchi maqomini olgan.
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida qator takliflarni ilgari surdi