Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Agar Tramp UQKga qurol yetkazib berishni boshlasa, Ukraina qopqoniga tushadi – Pushkov

Ilgari Tramp Ukrainaga NATO bo‘yicha ittifoqchilari orqali qurol-yarog‘ yetkazib berishning yangi sxemasini ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp deyarli “Ukraina qopqoniga” tushdi, agar u Ukraina Qurolli kuchlariga (UQK) yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlasa, tuzoqqa batamom tushadi. Rossiya senatori Aleksey Pushkov shunday deb hisoblaydi.
“Tramp uchun “Ukraina tuzog‘i”. Kiyevga yangi Amerika qurol-yarog‘larini yetkazib berishga rozi bo‘lib, Tramp bir oyog‘ini Ukraina qopqoniga solib bo‘ldi. Yana bir qadam – qopqon yopiladi. Va Tramp undan chiqa olmaydi. Vyetnam va Afg‘onistonda shunday bo‘lgandi”, - deya yozadi Pushkov o‘zining Telegram-kanalida.
Ilgari Tramp Ukrainaga NATO bo‘yicha ittifoqchilari orqali qurol-yarog‘ yetkazib berishning yangi sxemasini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, AQSh Yevropa mamlakatlariga qurol-yarog‘ sotadi, ular esa qurollarni Kiyevga berishadi. O‘z zaxiralarini yana Amerikadan qurol-yarog‘ sotib olib to‘ldirishadi.
Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish mojaroni hal qilishda yordam bermasligini ta’kidlagan, aksincha bu NATO mamlakatlarini bevosita mojaroga tortadi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov G‘arbning Kiyevga mo‘ljallangan har qanday qurol ortilgan yuki Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishidan ogohlantirgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Bu biznes.” Peskov Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi sxemasiga izoh berdi