Toshkentda vodorod peroksidi ochiq havoga sizib chiqishi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Toshkent shahri FVB Radiatsion, kimoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari ushbu holatni soat 04:00 da to‘liq bartaraf etgan.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi omborxonada joylashgan sig‘imdan vodorod peroksidi moddasi ochiq havoga sizib chiqishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, kecha tumandagi Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ham shunga o‘xshash xabarlar keng tarqalgan.
Xabarga asosan zudlik bilan Toshkent shahri FVBning Radiatsion, kimoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib borgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonada joylashgan sig‘imdan vodorod peroksidi moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan. Bu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etildi.
Vazirlik hozir holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Yashil makon, atmosfera havosi va chiqindi: Ekologiya vazirligining rejalari ma’lum qilindi