Peskov Putin va Tramp Xitoyda uchrashishi mumkinligini istisno qilmadi

Rossiya va AQSh yetakchilari Tramp Xitoyga tashrif buyurgan taqdirda uchrashishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning sentabrda Xitoyda uchrashishi ehtimoli istisno qilinmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Biz Pekinga safarga tayyorlanmoqdamiz. U haqiqatdan davlat rahbarining kun tartibida bor. Biroq biz prezident Tramp ham bu yerga bormoqchi ekanini eshitmadik”, - dedi Kreml vakili.

Peskov Tramp Xitoyga tashrif buyurgan taqdirda uchrashuv o‘tkazish masalani muhokama qilish maqsadga muvofiq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Britaniyaning “The Times” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda sentabr boshida Pekinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin qo‘shma uchrashuv o‘tkazishi mumkinligi haqida yozgandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80-yilligiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurishini tasdiqlagan. Uning Si Szinpin bilan muzokaralari 2-sentabrga mo‘ljallangan
Putin va Tramp shaxsiy uchrashuvda katta kelishuvlarga erishishi mumkin — Peskov