TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Germaniyada o‘tayotgan yozgi Universiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Shu tariqa 6-yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi Universiada o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqdi.
Taxmina Ikromova halqadagi mashqda ajoyib chiqishi bilan eng yuqori ball jamg‘arib, 6-yil kutilgan oltin medalni keltirdi. Shuningdek, u bulavalardagi mashqda ikkinchi natijani qayt etdi va yana bir kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Taxmina Ikromova tasmadagi dasturda ham eng yuqori ball jamg‘arib, o‘zi va O‘zbekiston delegatsiyasiga mazkur Universiadadagi ikkinchi oltin medalni keltirdi.
Reyn-Rur-2025: Posle shestiletnego pereriva nasha delegatsiya zavoyevala zolotuyu medal na Universiade
© NOK Uzbekistana
Shuningdek, o‘zbekistonlik taekvondochi Madina Mirabzalova bronza medaliga ega chiqdi
-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mirabzalova saralash bahslarida Meksika, Turkiya va Livan vakillarini mag‘lub etib, yarim finalgacha yetib keldi. Biroq ushbu bosqichda braziliyalik Mariya Pachekoga imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Reyn-Rur-2025: uzbekistanskaya taekvondistka zavoyevala bronzu
© Press-slujba NOK Uzbekistana
Kechagi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.