Tajriba, yangi hamkorlar: O‘zbekiston–Belarus ayollari biznes-forumidan nimalar kutilmoqda?

Forum Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova hamda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Joriy yilning 28–29 avgust kunlari Belarusning Vitebsk shahrida Uchinchi Belarus–O‘zbekiston ayollari biznes-forumi o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Forum Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova hamda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashining Xalqaro aloqalar va milliy xavfsizlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik hamda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev boshchiligida biznes-forumni yuqori saviyada tashkil etishga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Obsujdeni voprosi podgotovki k Tretyemu belorussko-uzbekskomu jenskomu biznes-forumu
Yig‘ilishda forumga tayyorgarlik ko‘rish masalalari batafsil muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi qat’iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladilar.
Shuningdek, parlamentlararo munosabatlarni izchil davom ettirish, yo‘lga qo‘yilgan muloqotni samarali platformalar orqali rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchinchi forum doirasida ikki mamlakat ayol tadbirkorlari ishtirokida iqtisodiyotning turli sohalariga oid mavzularda bir qator seksiya yig‘ilishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Obsujdeni voprosi podgotovki k Tretyemu belorussko-uzbekskomu jenskomu biznes-forumu
Forum ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash, istiqbolli loyihalarni ilgari surish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va ayol tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar parlamentlari tomonidan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ustuvor iqtisodiy sohalarda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi nazarda tutilmoqda.
Toshkent O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda — tafsilotlar