Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari: Ikromova va Usmonov kumush medallarni qo‘lga kiritishdi

Murosasiz kechgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Germaniyada o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi dastlabki medallariga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Reyn-Rur-2025: Ikromova i Usmonov prinesli pervie medali nashey delegatsii
Murosasiz kechgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Dastlabki medalni badiiy gimnastikaning ko‘pkurash dasturida Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Taxmina Ikromova keltirdi.
Shundan so‘ng suzish bahslarida Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida kechgan musobaqada marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Reyn-Rur-2025: Ikromova i Usmonov prinesli pervie medali nashey delegatsii
16-27 iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur regionida Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada 119 davlatdan 5100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Reyn-Rur-2025: Ikromova i Usmonov prinesli pervie medali nashey delegatsii
O‘zbekiston delegatsiyasi bu galgi Universiada o‘yinlarida 11 sport turida 18 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Chendu-2021: O‘zbekiston Universiada o‘yinlarini 14 ta medal bilan yakunladi