TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha, 17-iyul kuni Kobul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
Pervaya trexstoronnyaya vstrecha ministrov inostrannix del Uzbekistana, Afganistana i Pakistana
“O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Pervaya trexstoronnyaya vstrecha ministrov inostrannix del Uzbekistana, Afganistana i Pakistana
Uchrashuvda butun Yevroosiyo uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Trans-Afg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.
Qayd etilishicha, mazkur loyiha savdoni kuchaytiradi, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘l ochadi.
Pervaya trexstoronnyaya vstrecha ministrov inostrannix del Uzbekistana, Afganistana i Pakistana
Savdo aloqalarini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish sohalarida hamkorlik masalasi, shuningdek, Termiz xalqaro savdo markazidan foydalanishni kengaytirish yana bir bor tasdiqlandi.