Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Bu biznes.” Peskov Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi sxemasiga izoh berdi

Peskov: Bu biznes. Yetkazib berish bungacha ham bor edi. Ularni hech kim to‘xtatmadi. Gap ularga kim to‘lashida, xolos.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha yangi sxemasi haqida gapirib, bu biznes ekanligini ta’kidladi.
“Bu biznes. Yetkazib berish bungacha ham bor edi. Ularni hech kim to‘xtatmadi. Gap ularga kim to‘lashida, xolos”, - dedi Peskov jurnalistning AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun Yevropaga qurol sotish qarorini Kreml qanday baholayotgani haqidagi savoliga javoban.
O‘zidan oldingi prezident Jo Baydenni Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgani uchun bir necha bor tanqid qilgan Tramp dushanba kuni Kiyevga NATO ittifoqchilari orqali qurol yetkazib berishning yangi sxemasini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yevropa mamlakatlariga milliardlab dollarlik yirik qurol-yarog‘lar partiyasini, jumladan, raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni sotadi, shundan so‘ng ittifoqchilar ularni Ukrainaga o‘tkazadi va amerikalik ishlab chiqaruvchilardan yangi xaridlar hisobiga o‘z zaxiralarini to‘ldiradi. Trampning ta’kidlashicha, sxema to‘liq kelishilgan va yaqin kelajakda NATO mamlakatlari mablag‘lari yordamida amalga oshiriladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Mersga Ukraina uchun AQShdan beshta Patriot tizimini sotib olishni taklif qildi — OAV