Baxtiyor Saidov Si Szinpin bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Si Szinpinga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Baxtiyor Saidov vstretilsya s Si Szinpinom
“Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Janobi Oliylari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazishdan mamnunmiz”, — deb yozadi vazir.
Qayd etilishicha, tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda birgalikda savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni o‘z ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qilindi.
“Biz ShHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta’minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish borasida birgalikda harakat qilishimizni yana bir bor ta’kidladik”, — deyilgan xabarda.
Sergey Lavrov va Si Szinpin uchrashdi — muhokama etilgan masalalar