TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. NATO Boltiq dengizida kema qatnovini cheklashga intilmoqda, dedi Norvegiyadagi elchi Nikolay Korchunov RIA Novostiga.
“NATOga a’zo mamlakatlarning mintaqada kemachilik erkinligini cheklashga qaratilgan maqsadli yo‘nalishini qayd etamiz, shu maqsadda, jumladan suv osti infratuzilmasiga tahdidlar bahonasida "Boltiq qo‘riqchisi" alyans missiyasini ishga tushirish, bu ochiq dengizda harakat qilayotgan dengiz floti guruhining kuchayishi bilan birga davom etmoqda, natijada mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat sezilarli darajada murakkablashdi va ehtimoliy keskinlashuv va mojarolar xavfi kuchaydi”, — dedi u.
Elchining ta’kidlashicha, xalqaro dengiz huquqi normalari mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan bajarilishi kerak.
"Shubhasiz, hozirgi sharoitda Boltiq dengiz floti va Rossiya Federatsiyasining Boltiq dengizi mintaqasidagi boshqa kuch tuzilmalarining kuch va vositalari Rossiya Federatsiyasi va uchinchi davlatlar manfaatlari uchun ham kemalar qatnovi erkinligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Korchunov.
U o‘tmishda Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlar - Polsha, Germaniya, Shvetsiyaning XVII-XIX asrlardagi harakatlari bilan o‘xshashliklarni keltirib o‘tdi.
"O‘shanda ham ular Boltiqbo‘yi orqali Rossiya tovarlari ortilgan kemalarning biz uchun ustuvor bo‘lgan Britaniya, Gollandiya va Fransiya bozorlariga o‘tishiga to‘sqinlik qilishga harakat qilishdi. Shvedlar hatto qaroqchilik hujumlaridan ham qochmas edilar. Oxir-oqibatda bu urinishlar, ma’lumki, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘n yillar davomida tinch va ko‘p tomonlama hamkorlik maydoni bo‘lib kelgan Boltiqbo‘yida yana insofsiz raqobat va qarama-qarshilik kayfiyati qaror topayotgani afsuslanarli holdir”, — deya xulosa qildi u.