TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Finlyandiyada yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov mamlakat rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Anvarov so‘nggi urinishda 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zi o‘rnatgan mamlakat rekordini (8,23 metr) yaxshiladi. Bu natija Anvarovga turnirda oltin medal keltirdi.
Shuningdek, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullayeva 1,85 metr bilan urinishlar hisobiga ko‘ra bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Uzunlikka sakrash, erkaklar:
Anvar Anvarov (O‘zbekiston) — 8,25 metr;
Aniyel Molina (Kuba) — 7,86;
Kristian Pulli (Finlyandiya) — 7,82.
Balandlikka sakrash, ayollar:
Luize Ekman (Shvetsiya) — 1,85 metr;
Ella Mikkola (Finlyandiya) — 1,85;
Barno Sayfullayeva (O‘zbekiston) — 1,85.