Og‘ir atletika: O‘zbekistonning o‘smirlar va yoshlar jamoalari Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Har ikki jamoa ochkolar hisobi va qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi jamoasiga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar jamoalari Osiyo chempionatida ochkolar hisobi va medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qozog‘istonning Astana shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Yunosheskaya i molodojnaya sbornie Uzbekistana po tajoloy atletike zanyali pervoe mesto po ochkam i kolichestvu medaley na chempionate Azii
Musobaqaning so‘nggi kunida ayollar o‘rtasida eng og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. +86 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘arishdi.
Kumush medal:
+86 kg: Nigora Suvonova (siltab ko‘tarish, yoshlar);
+86 kg: Nigora Suvonova (ikki kurash, yoshlar).
Bronza medal:
+86 kg: Nigora Suvonova (dast ko‘tarish, yoshlar);
+86 kg: Mohinur Esonboyeva (ikki kurash, yoshlar).
Yunosheskaya i molodojnaya sbornie Uzbekistana po tajoloy atletike zanyali pervoe mesto po ochkam i kolichestvu medaley na chempionate Azii
Shu tariqa, o‘smirlar jamoasi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 20 ta bronza, yoshlar esa 5 ta oltin, 13 ta kumush hamda 10 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Har ikki jamoa ochkolar hisobi va qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi jamoasiga aylandi.
Og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida yana 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi