TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston AESlar uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimligi xabar berdi.
Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimi Nurimbet Saqtag‘anov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov bilan uchrashdi. Unda Sharqiy Qozog‘iston viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi, xususan, agrosanoat majmuasi va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Aytilishicha, turizm sohasida joriy mavsumdayoq Ust-Kamenogorskdan Toshkent, Samarqand va Buxoroga poyezd qatnovi tiklanadi, shuningdek, viloyat markazidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari mamlakatdagi mashhur sayyohlik yo‘nalishlari haqida so‘zlab berishdi.
Vostochniy Kazaxstan i Uzbekistan budut sovmestno razvivat turizm
© Akimat Vostochno-Kazaxstanskoy oblasti
Agrosanoat majmuasi sohasida Sharqiy Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i va asal eksport qilishda yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Qayd etilishicha, ishbilarmonlik hamkorligining boshqa yo‘nalishlari qatorida O‘zbekistonga bo‘lajak AES uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish imkoniyati, shuningdek, sanoat chiqindilarini ko‘mish va qayta ishlash sohasida tajriba almashish ham bor.
Vostochniy Kazaxstan i Uzbekistan budut sovmestno razvivat turizm
© Akimat Vostochno-Kazaxstanskoy oblasti
"Konstruktiv muloqot doirasida qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi. Qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi Sharqiy Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi, strategik muhim darajaga olib chiqadi", — deya ta’kidladi viloyat hokimi.
Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarining izchil rivojlanishida ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqoti muhim o‘rin tutadi.