Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Men endi hech qachon jang qilmayman” — ukrainlik asir

Sergey Vixrest Kiyev rejimi uchun jang qilishdan bosh tortdi va Rossiya Qurolli Kuchlariga asirga tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Ukrainlik harbiy asir Sergey Vixrest Rossiya qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmasdan taslim bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofa vazirligiga tayanib, xabar berdi.
Asir Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi qanday qilib o‘z askarlarini jangovar harakatlar uchun zarur resurslar bilan ta’minlamay, bema’ni hujumlarga yuborayotgani haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, u chaqiruvdan so‘ng darhol hujumga jo‘natilgan.
“Menga aytishdi: Sen allaqachon 82-rotadasan. Sening bir sutka vaqt bor, ertalab shturmga chiqasizlar. Men u yerda uch kun zo‘rg‘a turdim, shundan keyin butun piyoda askarlarimiz... yarmidan ko‘pi qolmadi”, — dedi asir.
U Rossiya Qurolli Kuchlari bilan janglarda halok bo‘lishni istamaganini tan oldi va Ukraina Qurolli Kuchlari safini tark etishga qaror qildi.
"Men komandirimning oldiga bordim, yonimda yana bir-ikki yigit bor edi. Men unga: "Komandir, men o‘lishni istamayman”, dedim. Men unga hamma narsani: bekni (o‘q-dorilar to‘plami - tahr.), qurol-yarog‘ni topshirdim. Hammasini unga, o‘z komandirimga berib, uyga ketdim”, — dedi Sergey Vixrest.
Vixrest uyiga jo‘nab ketganidan so‘ng, uning oldiga harbiy huquq-tartibot xizmati xodimlari tashrif buyurishdi va uni yana Ukraina Qurolli Kuchlari safiga olib ketishdi. Biroq, u Kiyev rejimi uchun jang qilishdan bosh tortdi va Rossiya Qurolli Kuchlariga asirga tushdi.
"Yigitlaringiz yetib kelganda, "Taslim bo‘linglar," deyishdi, biz jangsiz (taslim bo‘ldik - tahr.), qarshilik ko‘rsatmadik, qurollarni tashladik, ehtiyotkorlik bilan qo‘llarimizni ko‘tardik, chiqib, asirga tushdik. Men endi hech qachon jang qilmayman. Shundoq ham xohlamagandim. Men birinchi marta o‘zim (UQKdan - tahr.) ketdim”, — deb tan oldi asir.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Agar imkoniyat bo‘lsa, taslim bo‘lishga harakat qiling” — ukrainlik asir