TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Tbilisiga ikki kunlik tashrif bilan keldi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Kun tartibidan Gruziya rahbariyati, parlament spikeri, tashqi ishlar vaziri, qator tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan.
“O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 8-9 iyul kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi”, — deb yozadi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov o‘zining Telegram-kanalida.