TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya ichki ishlar xodimlari malakasini oshirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya ichki ishlar vazirining Yevropa Ittifoqi va xalqaro aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi Matyash Xedyalay bilan muzokara o‘tkazdi.
Aytilishicha, muloqotda ichki ishlar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, ikki davlatning tegishli vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish haqida so‘z bordi.
Tomonlar jamoat xavfsizligi, huquq-tartibotni ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni mustahkamlash va sheriklikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor.