TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) O‘zbekiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida ko‘p tomonlama hamkorlikning yuqori darajasiga muhim ahamiyat beradi, dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
Respublika hukumatining YeIKdagi rasmiy vakili Fanil Qodirov bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida bildirilgan tashabbuslarni ishlab chiqish haqida so‘z bordi.
Respublika yetakchisining asosiy takliflaridan biri O‘zbekistonning Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi ishiga qo‘shilishi, shuningdek, elektron savdoni rivojlantirish, tovarlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash, savdoda raqamli texnologiyalarni joriy etish doirasida alohida hamkorlik dasturlarini shakllantirish bilan bog‘liq edi.
"YeIK Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning yuqori darajasiga muhim ahamiyat beradi. O‘zbekiston tomonining amaliy takliflari haqida qo‘shimcha ma’lumot olganimizdan so‘ng, ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha darhol ishga kirishishga tayyorligimizni bildiramiz", — dedi Slepnev.