Putin suhbat qurish uslubi bilan Trampni hayratda qoldirdi — amerikalik jurnalist

Putin har doim nima qilayotganini biladi, deydi jurnalist.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampni o‘zining ishonchli suhbatqurish uslubi bilan noqulay ahvolga solib, hayratda qoldirdi. Amerikalik jurnalist va akademik Jill Dogerti CNN telekanali efirida shunday fikr bildirdi.
“Putin har doim nima qilayotganini biladi va bu vaziyatda u (harakatlarini – tahr.) yoki kuch bilan, yoki samarali muzokaralar yo‘li bilan amalga oshirish yo‘lini topishini aniq ko‘rsatdi”, - dedi jurnalist.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Putin bilan suhbatidan keyin hayron bo‘lganibekorga emas, chunki Rossiya yetakchisi kabi tajribali siyosatchi Oq uy egasini osonlikcha ortda qoldirgan.
“Ya’ni, Putin chorak asr davomida hokimiyat tepasida”, - deya tushuntirdi Dogerti.
Putin va Trampning navbatdagi telefon muloqoti payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Yuriy Ushakovning aytishicha, yetakchilar Ukraina mojarosini tartibga solish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina mojarosi, Yaqin Sharqdagi vaziyat: Putin va Tramp telefon muloqoti o‘tkazdi