Mirziyoyev Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni barqaror ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezident prinyal ispolnyayushego obazannosti zamestitelya Premyer-ministra Afganistana po ekonomicheskim voprosam Mullu Abdul Gani Baradara
O‘zbekiston yetakchisi chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilmani yanada rivojlantirish, qazib chiqarish, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlarida, qurilish materiallari tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligini ta’kidladi.
Strategik muhim mintaqaviy loyiha - Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqchi