Sputnik Ozarbayjonning Bokuda faoliyatini davom ettirishi uchun sharoit yo‘q — Kisolev

Kiselov mediaguruh xodimlariga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb atadi va ular soxta bahona bilan hibsga olinganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sputnik Ozarbayjonning Bokuda faoliyatini davom ettirishi uchun sharoit yo‘q, dedi “Rossiya segodnya” media guruhi bosh direktori Dmitriy Kisolev RIA Novosti agentligiga.
“Afsus bilan bildiramizki, bugungi kunda Sputnik Ozarbayjonning ushbu mamlakatda faoliyatini davom ettirishi uchun hech qanday sharoit yo‘q. Agentligimiz faoliyati yillar davomida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, tahririyat siyosati to‘liq Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan”, — dedi u.
Kiselov mediaguruh xodimlariga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb atadi va ular soxta bahona bilan hibsga olinganini ta’kidladi.

“O‘z navbatida, biz jurnalistlarimizning huquqiy himoyasini ta’minlash uchun barcha mavjud vositalardan foydalanamiz”, — deya qo‘shimcha qildi “Rossiya segodnya” bosh direktori.

Kiselov Sputnik xodimlarining Bokuda hibsga olinishini adolatsizlik deb atadi