Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Davlat tashrifi iyulga qadar davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi 2-4 iyul kunlar amalga oshiriladi.
"Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi", — deyilgan xabarda.
Mamlakat yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi — tashrif dasturi