O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida tovarlarning xavfsizligi va sifati qanday nazorat qilinadi?

Ushbu tizimning muhim qismi – akkreditatsiya.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida tovarlarning xavfsizligi va sifatini nazorat qilish uchun texnik jihatdan tartibga solish tizimi amal qiladi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi matbuot xizmati xabar berdi.
Texnik tartibga solish – bu ishlab chiqaruvchilar, tashuvchilar va sotuvchilar qat’iy rioya qilishlari kerak bo‘lgan meyorlar va qoidalarning katta tizim. Ushbu tizimning muhim qismi – akkreditatsiya.
U muayan laboratoriya, sertifikatlashtirish organi (ular maxsus hujjatlar - sinov bayonnomalari, sertifikatlar, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni beradi) EOII doirasida belgilangan mezonlarga to‘liq mos kelishini rasman tasdiqlash tartibini o‘z ichiga oladi.
“O‘z faoliyatini standartlar talablariga munosib, malakali tarzda ko‘rsata olgan tashkilotlar bugungi kunda 2 200 dan ortiq laboratoriya va 400 dan ortiq sertifikatlashtirish organlarini o‘z ichiga olgan YeOII muvofiqlikni baholash organlarining yagona reyestriga kiradi”, — dedi YeIK Texnik jihatdan tartibga solish va akkreditatsiyalash departamenti direktori o‘rinbosari Yevgeniy Berejnix.
Uning aytishicha, Ittifoq doirasida akkreditatsiya tartibotlarining teng ahamiyatiga erishish uchun, shuningdek, reyestrga tushgan tashkilotlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishning ishonchliligini ta’minlash uchun milliy akkreditatsiya organlari o‘zaro qiyosiy baholashni o‘tkazadi. Ularning tartibi Ittifoq huquqida belgilangan.
Bugungi kunda Armaniston akkreditatsiya organining o‘zaro qiyosiy baholanishi o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili Qirg‘izistonda akkreditatsiya organi o‘z ishini ancha muvaffaqiyatli namoyish etdi.
Bu faoliyatning barchasi birinchi navbatda mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlashga qaratilgan, deya qo‘shimcha qildi Berejnix.
O‘zbekiston va YeOII
Sankt-Peterburg birjasi BRIKS, YeOII va yaqin Sharq o‘rtasida infratuzilma yaratmoqda