Xivada O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda

Forumda Tanzila Narbayeva va Sahiba Gafarova so‘zga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Xivada birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston yuqori palatasi matbuot xizmati.
Forum “Yangi imkoniyatlar sari: muloqotdan hamkorlikdagi harakatlargacha” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ozarbayjon Milliy Mejlisi a’zolari hamda ikki mamlakatning yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etmoqda.
Yuqori palata raisi Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, forum ikki davlat parlamentlararo hamkorligini yangi bosqichga olib chiquvchi muhim platforma hisoblanadi.
V Xive proxodit Perviy uzbeksko-azerbaydjanskiy mejparlamentskiy forum
”Biz mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va Parlamentlararo komissiya tashkil etish orqali ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur. Ushbu forum O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, do‘stlik va barqaror taraqqiyotga yo‘naltirilganining yana bir yorqin dalilidir”, — dedi Narbayeva.
Ozarbayjon Milliy Mejlisi raisi Sahiba Gafarovaning qayd etishicha, hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda.
Forumda quyidagilar muhokama etiladi:
do‘stlik guruhlari faoliyatini kengaytirish, ularni parlamentlararo komissiyalar darajasiga olib chiqish;
qo‘shma qonunchilik tashabbuslari ishlab chiqish;
yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamli transformatsiya va ekologiya kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish.
Aytilishicha, hududiy vakillik organlari (O‘zbekistonda mahalliy Kengash va Ozarbayjonda munitsipalitet, ozarbayjoncha "beledie") o‘rtasida tajriba almashish mexanizmini joriy etish muhim qadamdir.
Forum doirasida o‘tkaziladigan panel sessiyalardan quyidagi mavzular o‘rin olgan:
parlamentlar roli, qonun ijrosini nazorat qilish;
biznes va investitsiya muhitini yaxshilash;
raqamli islohotlar, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalar;
atrof muhitni muhofaza qilish hamda ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni.
Forum yakunlari bo‘yicha Xiva deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Valentina Matviyenko Tanzila Narbayevani Xalqaro parlamentarizm kuni bilan tabrikladi