"Rossiya segodnya" media guruhi matbuot xizmati Ozarbayjon rasmiylariga murojaat qildi

"Rossiya segodnya" media guruhi matbuot xizmati Sputnik Ozarbayjon rahbarlarining hibsga olinishi yuzasidan bayonot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. "Rossiya segodnya" media guruhi matbuot xizmati Sputnik Ozarbayjon rahbarlarining Bokuda hibsga olinishi yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, "Rossiya segodnya" Bokuda ikki nafar Rossiya fuqarosi, Sputnik Ozarbayjon rahbari qo‘lga olinganidan chuqur xavotirda. Ular bilan birga tahririyatning bir necha xodimi - Ozarbayjon fuqarolari ham qo‘lga olingan.
Ularga hech qanday ayblov qo‘yilmagan, konsullik xodimlarining Rossiya fuqarolari oldiga kirishi ta’minlanmagan, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tahririyat rahbari Igor Kartavixning xonadonida tintuv o‘tkazilgan, kompyuter texnikasi olib qo‘yilgan.

“Bu harakatlarning barchasi hech qanday asosga ega emas va Sputnik Ozarbayjonning bloklanishiga olib keldi. Shuni ta’kidlash kerakki, Igor Kartavixning sog‘lig‘i xavotirga sabab bo‘lmoqda. Unga dori-darmon, jumladan, insulin kerak. Ozarbayjon rasmiylarini nomaqbul vaziyatni zudlik bilan hal qilishga va hamkasblarimizni ozod qilishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva Boku bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar davomida hibsga olingan rossiyalik jurnalistlarni ozod qilishga erishishga umid qilmoqda.
Ozarbayjon IIV Sputnik agentligining Bokudagi ofisida “operatsiya” o‘tkazmoqda
“Sputnik”ning Bokudagi ofisida sodir etilgan "operatsiya":
Dushanba kuni Ozarboyjon IIV nashr ofisida "operatsiya" o‘tkazilishini e’lon qildi.
Agentlik xodimlari aloqaga chiqmadi, ehtimol ularni telefondan mahrum qilishgan.
Politsiya Sputnik ofisiga ish joyida bo‘lmagan OAV xodimlarini ham chaqirdi.
Jurnalistlar orasida Rossiya fuqarolari ham bor.
Ozarbayjon xavfsizlik kuchlari Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousovni hibsga oldi.
Rossiyalik diplomatlar hibsga olingan jurnalistlar, shuningdek, tahririyat binosidagi muxbirlar oldiga kiritilmadi.
Binoga kirish imkoni yo‘q, Sputnik jurnalistlari bilan muloqot qilishning iloji yo‘q, ko‘chada bir nechta xavfsizlik kuchlari navbatchilik qilmoqda.
Fevral oyida Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Sputnik agentligining respublikadagi faoliyatini to‘xtatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
OAV tahririyati Ozarbayjonda ishlashga hech qanday rasmiy taqiq qo‘yilmagani, bu vaqt davomida ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari ishchi guruhlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tgani haqida xabar berdi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Bokuning nodo‘stona xatti-harakatlari va rossiyalik jurnalistlarning noqonuniy hibsga olinishi sababli Ozarbayjon elchisini chaqirtirdi.
Kiselov Sputnik xodimlarining Bokuda hibsga olinishini adolatsizlik deb atadi