Primorye o‘lkasida ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarning tayyorgarligi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Primorye o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemako bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Ishlash uchun Primorye o‘lkasiga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Primorye o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemako bilan uchrashdi.
Shuningdek, delegatsiya quyidagilar bilan qator uchrashuvlar olib bordi:
Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri;
Qurilish vaziri;
Mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri;
Ta’lim vaziri;
Qishloq xo‘jaligi vaziri;
Sanoat va savdo vaziri;
Turizm vaziri;
Migratsiya siyosati agentligi va Rossiya TIVning Vladivostokdagi vakolatxonasi rahbari.
“Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat migrantlarining ketishdan oldingi tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda Rossiya o‘quv markazlarini ochish, qo‘shma targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, delegatsiya Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Migratsiya siyosati agentligi rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Qolaversa, gubernator ishtirokida Primorye o‘lkasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rossiyaning eng yirik neft va gaz hududlaridan biri o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilmoqchi