TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan 30-iyundan 5-iyulga qadar Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportida mamlakatning sayyohlik va madaniy salohiyati bo‘yicha keng ko‘lamli taqdimot o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi elchixona.
Ro‘yxatdan o‘tish va kutish zonalaridagi 120 ta reklama ekranida butun dunyo sayyohlari va Rossiya aholisini respublikaning boy madaniy merosi va noyob me’morchiligi bilan tanishtiruvchi O‘zbekiston haqidagi yorqin videoroliklar kechayu kunduz namoyish etilmoqda.
Bunday aksiyalar tufayli O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng yaxshi top-10 ta sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Domodedovo xalqaro aeroporti Moskvaning yirik va asosiy aeroportlaridan biri bo‘lib, uning yo‘lovchilar oqimi yiliga 15 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.