TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Chervonaya Zirka ustidan nazoratni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Qat’iy harakatlar natijasida “Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Chervonaya Zirka aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
“Sharq” jangchilari Zaporojye viloyatidagi Poltavka va Malinovka va DXRdagi Kamishevaxa hududlarida dushmanning uchta brigadasiga hujum qilishdi.
Ukraina Qurolli kuchlari nimalar yo‘qotdi:
210 nafargacha harbiy xizmatchilar;
ikkita jangovar zirhli mashinalar;
sakkizta avtomobil;
uchta artilleriya quroli;
radioelektron kurash stansiyasi.
Shuningdek, kun davomida aviatsiya va artilleriya 142 ta hududda o‘q-dorilar omborlariga, uzoq masofaga uchuvchi dronlarni ishlab chiqarish va yig‘ish sexlariga, uchuvchisiz katerlarni saqlash joylariga, Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berdi.