TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-iyun kuni Minsk shahridagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlarning samarali aloqalari va faol madaniy-gumanitar almashinuvni qo‘llab-quvvatlash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.
Rabochiy vizit Prezidenta Uzbekistana v Belarus zavershilsya.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shu bilan Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakuniga yetib, prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.