TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tashrif tadbirlari yakunlangach, prezident va uning rafiqasi Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Tashrif davomida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:
Ulan-Batorda tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi;
Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi;
prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etishdi;
"Ix Tenger" majmuasiga tashrif buyurildi;
prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekishdi;
an’anaviy "Naadam" o‘yinlari tomosha qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu davlatda bo‘ldi.