Isroil armiyasi e’tiborini yana G‘azoga qaratganini ma’lum qildi

SAXAL: Tehronga qarshi kampaniya hali yakunlanmadi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Isroil armiyasi Eron bilan sulhdan keyin G‘azo sektorida Falastinning HAMAS harakatiga qarshi jangovar harakatlarni davom ettirishga e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Isroil armiyasi (SAXAL) bosh shtabi rahbari Eyal Zamir ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bosh shtab rahbarining aytishicha, Tehronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan.
"Biz muhim bosqichni yakunladik, ammo Eronga qarshi kampaniya tugamadi", — dedi u.
Zamirning so‘zlariga ko‘ra, bu kampaniyaning yangi bosqichi hali oldinda.
"Endi e’tibor yana G‘azoga - garovga olinganlarni uylariga qaytarish va HAMAS rejimini ag‘darish maqsadlariga qaratilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritdi — Lavrov
Eronga nisbatan tajovuz hech qanday asosga ega emas — Putin
Eron Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini e’lon qildi