TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.