O‘zbekiston yetakchisi va birinchi xonimni kutib olish marosimi qanday o‘tdi — foto

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlati rahbari va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti rafiqasi bilan kutib oldi.
1 / 13
2 / 13
3 / 13
4 / 13
5 / 13
6 / 13
7 / 13
8 / 13
9 / 13
10 / 13
11 / 13
12 / 13
13 / 13
Suxe-Bator maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlashdi.
Marosimdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Mo‘g‘uliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonda kutib olindi — foto