O‘zbekiston va YeOII

Belarus va Rossiya transport nazorati sohasida to‘laqonli ma’lumot almashishga kirishdi — YeIK

Yil oxirigacha Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham ulanishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Belarus va Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tashqi chegarasida avtomobil nazoratini axborot bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va sozlash ishlarini yakunladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Shu tariqa, mamlakatlar transport nazorati sohasida to‘laqonli ma’lumot almashishga kirishdi. Yil oxirigacha Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham ulanishi rejalashtirilgan.

“Ushbu jarayon YeOII tashqi va o‘zaro savdosi integratsiyalashgan axborot tizimining bir qismi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi Ittifoqning tashqi chegarasini kesib o‘tadigan yuk avtomobillarini transport nazorati tartibini takomillashtirishdan iborat”, — dedi vazir.

Jarayonning joriy etilishi YeOIIga kirishda yuk oqimlarini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan milliy vakolatli organlar faoliyati samaradorligini oshirishi kerak.
O‘zbekiston geosiyosiy keskinlik sharoitida tadbirkorlar uchun maxsus shtabni ishga tushirdi