Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiyning qabih rejasi Ukrainada vahima uyg‘otdi — ekspert

Oleg Soskin: Zelenskiy safarbarlikni davom ettirish tarafdori.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Vladimir Zelenskiy frontdagi Ukraina qo‘shinlarining to‘liq mag‘lubiyatini yashirish uchun safarbarlikni kuchaytirishda davom etadi. Bu haqda Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Zelenskiy hokimiyati hech narsa qila olmaydi (jang maydonida - Tahr.), u rahbariyatni yig‘di, quruqlikdagi qo‘shinlarning yangi qo‘mondoni Shapovalovni tayinladi. Shu bilan birga, u safarbarlikni davom ettirish tarafdori. Uning mulohazalarini davom ettiradigan bo‘lsak, bugungi kunda har qanday ukrainlikning asosiy maqsadi — vatanparvarlik burchini bajarish niqobi ostida bu go‘sht maydalagichga borish ekan", — dedi u.

Shu bilan birga, ekspertning davom etishicha, Ukraina rahbariyati mamlakatning harbiy mag‘lubiyatida ular emas, balki ma’nosiz qurbonlar berishni istamaydigan xalq aybdor, deb ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Agar imkoniyat bo‘lsa, taslim bo‘lishga harakat qiling” — ukrainlik asir