TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sammitida ishtirok etadi. Bu haqda "Rossiya 1" telekanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Vladimir Putin kelasi hafta Belarusga boradi, u yerda YeOII sammitida ishtirok etadi va madaniy-ma’rifiy klasterlarni yaratish jarayoni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.
Shuningdek, davlat rahbari harbiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uchrashadi va Malida o‘tish davri prezidenti Assimi Goytani qabul qiladi.
Minskda 26 va 27-iyun kunlari YeOII sammiti bo‘lib o‘tadi. Gap Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va Yevroosiyo iqtisodiy forumi haqida bormoqda. Mazkur tadbirlarda yigirmadan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, o‘nga yaqin davlat rahbarlari va qator xalqaro tashkilotlar rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning asosiy mavzusi - "Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasi strategiyasi: natijalar va istiqbollar."