TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda. 14 mamlakatdan 60 nafar sportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
V Tashkente proxodat sorevnovaniya World Challenge Cup po sportivnoy gimnastike.
© NOK Uzbekistana
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Xususan, 50 yoshni qarshi olgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.
V Tashkente proxodat sorevnovaniya World Challenge Cup po sportivnoy gimnastike.
© NOK Uzbekistana
Oltin medal:
Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq);
Ahrorxon Temirxonov (halqa).
Kumush medal:
Oksana Chusovitina (tayanib sakrash);
Ravshan Komiljonov (ot ustida mashq);
Humoyun Islomov (erkin mashq).
Bronza medal:
Shahinabonu Yusufova (tayanib sakrash).
V Tashkente proxodat sorevnovaniya World Challenge Cup po sportivnoy gimnastike.
© NOK Uzbekistana
Bugun yana bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.